2015 yilda Google kompaniyasi soliq xizmatlaridan 15,5 mlrd dollarni yashirishning uddasidan chiqqan, deb xabar qilmoqda Kun.uz sayti. Shu bilan kompaniya 3,6 mlrd dollar miqdorida soliq to‘lamagan. Kompaniyaning Irlandiyadagi bo‘limining dunyo bo‘ylab amaliyotlaridan ko‘radigan daromadi Google Netherlands Holdings orqali Irlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan, Google Ireland Holdings kompaniyasining Bermuda orollaridagi bo‘limiga o‘tkazilgan. Bu orollardagi kompaniyalar daromad solig‘i to‘lamaydi.
Bunday tartib Amerika va Evropadagi soliqlarning sezilarli qismini to‘lamaslik imkonini beradi. Google kompaniyasining AQSh hududidan tashqaridagi soliqlari, yuqoridagi usuldan foydalanilganda 6 foizni tashkil etadi.
«Gollandiya sendvichli Irlandiya ikkiligi» — deb nomlangan bu usul ikkita Irlandiya va bitta Gollandiya kompaniyasining faoliyatini muvofiqlashtirish vositasida soliq miqdorini sun’iy ravishda kamaytirish imkonini beradi. 2015 yilda Irlandiya hukumati qonunchilikdagi ushbu usulga imkon beruvchi kamchilikni tuzatgan, ammo, bu usuldan foydalanayotgan kompaniyalarga 2020 yilgacha ruxsat bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi