Ergash Shoistamov «O‘zbekneftgaz» xoldingi tuzilmasiga kiruvchi «O‘ztransgaz» kompaniyasi boshqaruvi raisligiga tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
«O‘ztransgaz"ning avvalgi rahbari Shukurullo Mahmudov esa «Markazgazta’minot» unitar korxonasi Samarqand bo‘limi direktori lavozimini egalladi.
Ergash Shoismatov (1951 yilda tavallud topgan, Toshkent politexnika instituti bitiruvchisi) turli yillarda energetika va elektrlashtirish vaziri, «O‘zbekenergo» kompaniyasi raisi (2001−2006 yillar), bosh vazir o‘rinbosari (2006−2010 yillar) — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari bo‘yicha majmuasi rahbari bo‘lgan.
2014 yil fevralidan energetika xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi raisi.
«O‘ztransgaz» kompaniyasi tabiiy gazni tashish va saqlash, shuningdek, mamlakat ichi va xorijdagi iste’molchilarga O‘zbekiston gazini etkazib beruvchi ob’ektlarni boshqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi