22:22 / 28.12.2016
7 000

Alisher Usmonov Alibaba'dagi ulushini sotib yubordi

Alisher Usmonov Alibaba'dagi ulushini sotib yubordi

Biznesmen Alisher Usmonov Xitoy internet-riteyleri bo‘lgan Alibaba'dagi ulushini sotganini ma’lum qildi. Bu haqda Alisher Usmonov "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

"Qachonlardir biz Facebook'ga "bay-bay" qilgandik, endi esa Alibaba'ga "bay-bay" qildik. Biroq biz Xitoydagi o‘zimiz tashkil qilgan texnolgiya fondida ko‘plab aktivlarga egamiz. JD.com, Xiaomi va boshqa ikki-uchta Xitoy kompaniyasida ulushimiz bor. Biz bu sarmoyalarni juda qadrlaymiz. IPO'ga endigina kelayotgan kompaniyalarning rivojlanishdagi keyingi bosqichga chiqishini kutamiz", – dedi Usmonov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Alisher Usmonov Alibaba'dagi ulushini sotib yubordi