Amazon kompaniyasi tovarlarni saqlash va etkazib berish tizimiga patent arizasini topshirdi. Yangi tizimda dirijabllar va uchuvchisiz qurilmalar qo‘llaniladi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar berdi.
Amazon dirijabllardan muayyan hududlarga jo‘natiluvchi u yoki bu tovarlarni saqlovchi ombor sifatida foydalanmoqchi. Uchuvchisiz qurilmalar esa bevosita xaridorlarning o‘ziga mahsulotni etkazib beradi. Bunday tizim tovar etkazib berish vaqtini keskin kamaytiradi.
Dekabr oyi boshida Amazon birinchi marta uchuvchisiz qurilma yordamida xaridorga tovarni etkazib berdi. Buyuk Britaniyada yashovchi mijoz televizion pristavka va pop-korn buyurtma qilgandi. Kompaniyada ta’kidlanishicha, u buyurtma rasmiylashtirilgandan 13 daqiqa o‘tib tovarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi