6 595
Ronaldu Evropaning eng ko‘p haq to‘lanadigan yulduzlari reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi
AQShning Forbes jurnali Evropaning eng yuqori haq to‘lanuvchi yulduzlari reytingini tuzdi. Gastrollar va reklama shartnomalari bo‘yicha 110 million dollar ishlab topgan One Direction guruhi (Britaniya) reyting boshiga keldi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.
Ikkinchi o‘rinni Krishtianu Ronaldu egalladi — «Real» yulduzining daromadi 88 million dollarni tashkil qildi. Uchlikka esa 80,5 million dollar ko‘rsatkich bilan xonanda Adel yakun yasadi.
Keyingi pog‘onalarni shveysariyalik tennischi Rojer Federer (68 million dollar), Britaniyaning The Rolling Stones guruhi (66,5 million dollar) shotlandiyalik dijey Kelvin Xarris (63 million dollar) zabt etdi.
Bundan tashqari, birinchi o‘nlikka Britaniyaning The Beatles guruhi sobiq yakkaxoni Pol Makkartni (56 million dollar), serbiyalik tennischi Novak Jokovich (56 million dollar), Irlandiyaning U2 guruhi (55 million dollar) hamda britaniyalik oshpaz Gordon Ramzi (54 million dollar) kirdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»