17:04 / 02.01.2017
7 617

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana biroz ko‘tarildi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana biroz ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 2 yanvardan boshlab valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3231 so‘m 48 tiyin etib belgilandi. Bu 2016 yil 22 noyabrdagi kursga nisbatan 14 so‘m 66 tiyinga ko‘p.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana biroz ko‘tarildi