Xalqaro reyting agentligi - Moody's AQSh hukumatiga 864 mln dollar to‘lashga rozilik bildirdi. Agentlik, 2008 yilgi moliyaviy inqiroz arafasida turli qoidabuzarliklarni sodir etganlikda ayblangan edi. Endilikda, o‘ziga nisbatan barcha da’volarga barham berilishi va tergov ishlarining to‘xtatilishi uchun shuncha miqdorda jarima to‘laydi, deb xabar qiladi Kun.uz sayti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Moody's 437 mln dollarni AQSh adliya vazirligiga to‘laydi, qolgani agentlikka qarshi tergov ishlari olib borgan 21 shtat prokuraturalari o‘rtasida taqsimlanadi.
AQSh hukumatining ishonch bildirishicha, Moody's agentligi jahon moliya inqirozi arafasida ipoteka obligasiyalari reytingini sun’iy ravishda yuqori ko‘rsatgan. Shu kabi ayblovlar Standard & Poor's agentligiga nisbatan ham ilgari surilgan. Bu agentlik alaoqibat1,3 mlrd dollardan ortiq jarima to‘lagan edi.
Mazkur agentliklarning ijobiy baholariga ishongan ko‘plab sarmoyadorlar ipoteka aksiyalarini xarid qilgan va natijada, ipoteka bozori qulaganda, ular kasodga uchragan. Ko‘pchilik ekspertlarning fikricha, aynan ipoteka bozoridagi inqiroz jahon moliya inqiroziga sabab bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?