17:13 / 16.01.2017
7 026

GM Uzbekistan Rossiyada 1,8 mingdan ortiq Ravon avtomobillarini sotdi

GM Uzbekistan Rossiyada 1,8 mingdan ortiq Ravon avtomobillarini sotdi

GM Uzbekistan aksionerlik kompaniyasi 2016 yil iyulidan dekabr oyiga qadar Rossiyada 1811 dona Ravon avtomobilini sotishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda Evropa biznesi assosiasiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi hisobotida so‘z yuritilgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Qayd etilishicha, kompaniya dilerlari 2016 yil dekabr oyining o‘zida Ravon brendida etkazib berilgan 799 dona avtomobil sotishga erishgan.

GM Uzbekistan AKning Rossiya avtomobil bozoridagi ulushi 2016 yil yakuniga ko‘ra, 0,1 foizni tashkil etgan, 2016 yil dekabr oyida bu raqam 0,3 foizdan iborat bo‘lgan.

Umuman, 2016 yil yanvar-noyabr oylari natijasiga binoan, GM Uzbekistan 27 o‘rinni egallagan. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan modellarning hech biri eng yaxshi sotilayotgan Top-25 talikka kira olmagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada Ravon brendidagi avtomobillar savdosi 2016 yil iyul oyida boshlangan edi. Bungacha, GM Uzbekistan mahsulotlarini Daewoo brendi ostida RFga etkazib bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » GM Uzbekistan Rossiyada 1,8 mingdan ortiq Ravon avtomobillarini sotdi