15:39 / 16.05.2015
7 076

Rosselxoznadzor O‘zbekistonga olib ketilayotgan 650 tonna kartoshkani to‘xtatib qoldi

Rosselxoznadzor O‘zbekistonga olib ketilayotgan 650 tonna kartoshkani to‘xtatib qoldi

Rosselxoznadzor (Rossiya veterinar va sanitar nazorat bo‘yicha Federal xizmati) Latviya va Rossiya chegarasida O‘zbekistonga olib ketilayotgan 650 tonna miqdoridagi fransuz hamda golland kartoshkasini hujjatlardagi muammolar tufayli ortga qaytardi. Bu haqda Tver va Pskov viloyatlarining bojxona boshqarmalari xabar qilgan, deb yozadi Kun.uz.

Ma’lum qilinishicha, jami 650 tonna kartoshka olib ketilayotgan13 partiya "Sebej" nomli temiryo‘l nazorat punktida to‘xtatib qolingan.
"Mahsulotlarning ortga qaytarilishiga tegishli sertifikatlar mavjud emasligi sabab bo‘ldi", deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rosselxoznadzor O‘zbekistonga olib ketilayotgan 650 tonna kartoshkani to‘xtatib qoldi