Dunyodagi eng yirik internet-maydonchalardan biri Alibaba asoschisi va Xitoyning eng badavlat odami Jek Ma ilk bor Rossiyaga tashrif buyuradi, deb yozadi kun.uz.
Ma 19 iyunda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan xalqaro iqtisodiy anjumanda “Axborot texnologiyalaridan ma’lumotlar texnologiyasigacha: tijorat va savdo-sotiqning yangi davri” nomli onlayn-tadbirkorlikning kelajagi haqidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, 50 yoshli Jek Maning boyligi 29,7 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Hozirda unga Alibaba kompaniyasining 8,9 foiz aksiyasi tegishli bo‘lib, Ma o‘tgan yili Alibaba Group aksiyalari sotuvga chiqarilgandan keyin milliarderga aylandi. Aksiyalarning sotuvga qo‘yilishi jalb qilingan sarmoyalar miqdori bo‘yicha rekord ko‘rsatkichni qayd etdi – kompaniya 25 mlrd dollar jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. 2015 yil 3 iyunga kelib Alibaba Group'ning kapitalizasiyasi miqdori 225,87 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Kompaniyaning 2014 yildagi tushumi 52,5 mlrd dollarni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!