11:37 / 19.09.2016
9 972

Million dollarlik fikrlar

Million dollarlik fikrlar

➀ Tanasida «Alloh» yozuvi bor baliqlar – so‘qirlar uchun. Aql egalari uchun baliqning o‘zi ham bir mo‘’jiza!

➁ Inson amal qilgan sari taqvosi oshadi, taqvosi oshgan sari, keyinchalik amali ham yanada oshib boraveradi.

➂ Kinolardagiga o‘xshash ta’sirli voqealar hayotda ham uchrab turadi. Faqat muzika chalinmagani uchun sezmay qolamiz.

➃ Har qanday bahsdan oldin o‘lchovlarni aniqlab olish kerak. Siz «bu 1 kilo» deb turgan narsangizni u «yo‘q, bu 2 metr» desa foydasi yo‘q.

➄ Odam o‘zi tushunmagan narsasini falsafa deb nomlaydi.

➅ Insonni yig‘lata oladigan sababga qarab o‘sha insonning saviyasini bilsa bo‘ladi.

➆ Ba’zilarga «odamga o‘xshasang-chi», degim keladi… Lekin uniyam qiynashni istamayman.

➇ Arzon insonlar bilan munosabatlar sizga qimmatga tushadi…

Qahramon Aslanov

Manba: Diydoraziz.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Million dollarlik fikrlar