21:26 / 13.10.2016
16 468

Siz qon guruhingizni ayting, biz fe’lingizdan xabar beramiz!

Siz qon guruhingizni ayting, biz fe’lingizdan xabar beramiz!

Biz sizga qoningiz guruhida yashiringan fe’lingiz haqida ma’lumot beramiz.

I guruh
Har qanday jamoada ham tezda o‘z o‘rnini topib, hatto yo‘lboshchi bo‘lishni ham oson uddalashadi. “Keldim, ko‘rdim, egalladim” aynan ular haqida aytilgan bo‘lsa ajabmas. Tahlikali vaziyatlarda o‘zini qo‘lga olish qobiliyatlari juda qo‘l keladi. Shu tufayli ko‘pchilikda yaxshi taassurot qoldira oladilar. Sportning ekstrimal turlarini jonu dilidan sevishadi. Agar qon guruhingiz I guruh salbiy bo‘lsa-chi? Jizzakilik, qattiqqo‘llik va ta’sirchanlik sizga xos xususiyat. I qon guruhi sohibalari istalgan boshqa guruh sohiblari bilan turmush qursalar, baxtli hayot kechira oladilar. Ammo I va II qon guruhiga ega inson bilan hayotini bog‘lasalar nur ustiga a’lo nur.

II guruh
Odatda ular og‘ir, vazmin, sabrli va tinchliksevar bo‘ladilar. Atrofdagilar bilan til topishishda ularning oldiga tushadigan kamdan kam topiladi. Tejamkorlik va ehtiyotkorlik ham ularning maqtovga sazovor fazilatlaridan sanaladi. Buning natijasi o‘laroq ro‘zg‘orda ham epli ayol degan maqtovlarga sazovor bo‘ladilar. Garchi tinchlik va xotirjamlikni tusasalarda, bir muddat tin olib, chinakkamiga dam olishni bilishmaydi. O‘zgalarning muammolarini ham yuraklariga yaqin olganliklari tufayli yurak xastaliklaridan aziyat chekishadi. II-salbiy qon guruhi sohibalari esa haddan ortiq to‘g‘riso‘z, qaysar bo‘lish bilan birga, muloqotga kirishni va o‘zgarishlarni yoqtirmasliklari bilan ajralib turishadi. Odatda bu qon guruhiga mansub kishilar IV-guruhdagi qarama-qarshi jins vakillari bilan yaxshi chiqisha olishmaydi. Qolganlari bilan esa tinch-totuv hayot kechirishlari oson bo‘ladi.

III guruh
Ijodiy qobiliyatga ega, yangilik yaratishga ishtiyoqmand kishilarning asosiy qismi mana shu qon guruhi vakillaridan iborat bo‘ladi. Bir xillikka umuman toqat qila olishmaydi, shu sababli “Harakatda – barakat!” degan so‘zlarni o‘zlariga shior sifatida tanlashadi. Garchi turmush qiyinchiliklari iztirobga solsa-da, ular o‘zligiga sodiq qolgan qoladi, boshini baland ko‘tarib yurishga intiladilar. III-salbiy qon guruhi sohibalari esa o‘zgaruvchanliklari, romantika shaydosi ekanligiyu, ozuga beriluvchanliklari bilan ajralib turishadi. Ular I va IV qon guruhi sohiblari bilan yaxshi til topishadilar.

IV guruh
Ular yuqoridagi har uch guruhning eng yaxshi sifatlarini o‘zlarida jamlay olgan kishilardir. Ayniqsa uzoq muddatli rejalar tuzish, strategiya ishlab chiqish borasida iqtidorlari mansab pillapoyalaridan oson ko‘tarilishlariga yordam beradi. Yurak va aql o‘rtasidagi doimiy kurash hissi ham ularga begona emas. Balki shuning uchun ham ba’zan ikkilanish va jur’atsizliklar tuzog‘idan chiqishlari qiyin kechadi. Ular IV va I guruh vakillari bilan xavas qilarli juftlik hosil qila oladilar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Siz qon guruhingizni ayting, biz fe’lingizdan xabar beramiz!