23:09 / 17.10.2016
8 267

Kareraga intilasizmi? Unda o‘zingizni sinab ko‘ring?

Kareraga intilasizmi? Unda o‘zingizni sinab ko‘ring?

Hozirgi vaqtda barcha o‘z ish samarasini oshirishga va ma’lum ma’noda yuqori cho‘qqilarni jalb etishga bag‘ishlamoqda. Albatta, har bir kishi o‘z qobiliyatlari va xohishlari miqdoriga ko‘ra muvaffaqiyatga erishadi. Ushbu test sizning muvaffaqiyatga erishish va lavozimingiz o‘sishida imkoniyatlaringiz qandayligini bilib olishga yordam berush uchun taqdim etiladi.

1. Siz boshlab qo‘yib, biroz vaqt chetga surib qo‘ygan ishni yakunlamoqchisiz. To‘satdan sevgilingiz sizga qo‘ng‘iroq qilib, uchrashishni so‘ramoqda. Qanday yo‘l tutasiz?
A) siz: «Keyinroq, azizim” deysiz va tishlaringizni qisib, o‘z ishingizni nihoyasiga etkazasiz;
B) «Ketyapman sevgilim!” deysiz va hamma ishni tashlab, uchrashuvga yugurasiz;
V) uchrashuvni boshqa vaqtga ko‘chirasiz va ishingizni nihoyasiga etkazasiz.

2. Tanlashingiz kerak: yoki quvnoq davraga borish, yo tartibsiz yotgan barcha qog‘ozlarni tartibga solish. Nima qilasiz?
A) «Mehnatning tagi – rohat!” deya takrorlab, ishingiz bilan mashg‘ul bo‘lasiz;
B) xuddi o‘sha maqolni xursand bo‘lib eslab, anchadan buyon kutilgan fursat etib
kelganiga qaror qilib, hammasini keyinroq yig‘ishtirib olishga ont ichib, kechki
ziyofatga yugurasiz;
V) qog‘ozlarni tezgina tartibga keltirasiz va kechki ziyofatga jo‘naysiz.

3. Sizdan boshqa odamlar bajara olmaydigan muhim xizmat haqida iltimos qilishdi. Qanday harakat qilasiz?
A) iltimos qilayotgan odamning elkasiga shapatilab, «Muammolar yo‘q!” deysiz va juda ko‘p do‘stlaringizning bittasidan foydalanib, istagan ishingizni bajarasiz;
B) bandligingizni bahona qilib, qo‘llaringizni kerib ketasiz;
V) uning qo‘lini uzoq siqib turasiz va bu vaqtda nihoyat, iltimosning bir qismini bajarayotganingizni o‘ylaysiz.

4. Ishga berilgan kishilar, odatda, kiyimni hayotning maqsadi deb hisoblamaydilar. Siz uchun-chi, kiyim nima beradi?
A) juda ko‘p narsa, O‘zimni firma belgili kiyimlarsiz tasavvur qilolmayman;
B) chiroyli kiyinishni yaxshi ko‘rasiz, chunki bu o‘zingizga ham, atrofdagilar uchun ham yoqimlidir;
V) ishga kiyinish uchun yaxshi kiyim kerak. Agar odam yaxshi kiyinmasa, hech kim u bilan ishlashni unchalar xohlamaydi.

5. Ko‘p vaqtingizni do‘stlaringizga ajratishingizga to‘g‘ri kelayotganidan ranjiysizmi?
A) do‘stlarning borligi juda ajoyib! Ularning yordami bilan barcha ishlaringizni
bajarasiz. Sotasiz, xarid qilasiz, imzolaysiz, do‘stlaringizsiz kuningiz o‘tmaydi;
B) do‘stlar – juda yaxshi! Ularsiz yasholmaysiz, ular sizga og‘ir damlarda yordam
beradilar;
V) do‘stlar – bu siz uchun hamma narsa. Ular bilan maslahatlashasiz, ularga yordam
berasiz.

6. Suygan kishingizga etarlicha miqdorda etibor ajratasizmi? Ishxonada uzoq qolib ketgan chog‘laringizda har doim ham unga qo‘ng‘iroq qilib, bu haqida ogohlantirasizmi?
A) axir bekorchi emassiz, ishlar bilan bandsiz-ku! Bunga shunchaki vaqtingiz yo‘q;
B) qo‘ng‘iroq qilish mumkin, albatta, imkon topganda qo‘ng‘iroq qilib qo‘yasiz ham. Biroq ozgina kech qolsangiz, hech qanday qo‘rqinchli joyi yo‘q, deb o‘ylaysiz;
V) albatta, qo‘ng‘iroq qilasiz! Uni tashvishga solib bo‘ladimi. Aslida, siz hech qachon kech qolmaysiz.

7. Hammaning o‘z shaxsiy hayoti bor, hatto eng ishga ko‘milib qolgan kishilarda ham. Shaxsiy hayotga qanday ahamiyat berasiz?
A) oila, uy – bu sizning hayotingiz. Siz tanlagan kishingizni sevasiz, farzandlar
ko‘rishni xohlaysiz, ish esa – faqat moddiy ahvolingizni qo‘llab-quvvatlash uchun
kerak;
B) ha oila – bu yomon emas. Bazan bir-ikki oqshomni oila davrasida o‘tkazib,
bolalaringiz va suyukli inson bilan suhbatlashib o‘tirganingiz yaxshi, lekin
ishlarni unutish mumkin emas;
V) yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin emas! Butun umringizni oshxonada o‘tkazishga hech
qachon rozi bo‘lmaysiz! Bolalarni buvisi boqaversin, siz esa mansabdor
bo‘lishingiz kerak.

Ballarni jadvalga muvofiq hisoblang.

1.”a”-5 «b”-3 «v”-10
2.”a”-10 «b”-5 «v”-3
3.”a”-10 «b”-3 «v”-5
4.”a”-3 «b”-5 «v”-10
5.”a”-10 «b”-5 «v”-3
6.”a”-10 «b”-5 «v”-3
7.”a”-3 «b”-5 «v”-10

60 balldan ortiq. Siz shunchaki iste’dodlisiz! Bunday mehnatsevar fazilatli insonni izlab topish kerak. Butun umringizni ishga bag‘ishlasangiz va hayot mazmunini ishda deb bilasiz. Lekin to‘xtash fursati etmadimikin? Siz butkul yolg‘iz qoladigan daxshatli vaqt etib kelishi mumkin, bunga ajablanmasa ham bo‘ladi, axir yaqinlaringiz haqida o‘ylamaysiz, do‘stlaringizni esa ish sohasidagi sheriklar sifatidagina qadrlaysiz. Sizga sovuq, yakkayu yolg‘iz, qalbsiz robotga aylanib qolish xavf solmoqda.

35-60 ball. Siz o‘z-o‘zingiz bo‘la olasiz va hayotdan lazzat ola bilasiz. Yaqinlaringiz siz bilan vaqtini chog‘ o‘tkazadi, ularning holidan xabar olasiz va etiborlisiz, lekin shu bilan bir qatorda hammasini o‘zingizni kuzatishni o‘zingiz afzal bilib, ishlaringizni ham o‘z holiga tashlab qo‘ymaysiz. Ishga qattiq berilib ketib, hamma narsani unutmaganingiz yaxshi. Ishingizni davom ettiring va sizni yaxshi ko‘radigan insonlarni unutib qo‘ymang, shunda hammasi joyida bo‘ladi.

35 balldan ortiq. Haddan tashqari yengiltaksiz.Ko‘ngilxushliklarga shu qadar berilib ketish yaramaydi. Nihoyatda yoqimtoy insonlaringizga gap yo‘q, lekin ish haqida unutish yaramaydi. Biroz jiddiyroq bo‘lish kerak.

Manba: Mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kareraga intilasizmi? Unda o‘zingizni sinab ko‘ring?