19:38 / 25.10.2016
9 972

​Senda qancha vaqt qolganini bilasanmi???

​Senda qancha vaqt qolganini bilasanmi???

Tasavvur qil shunday bank borki, har erta tongda u sening hisobingni $86400 bilan to‘ldiradi.

U har kungidan qolgan mablag’ni saqlamaydi.

Har kuni kechasi butun kun mobaynida ishlatilgan va ishlatilmagan pulni nol bilan teng qiladi.

Sen nima qilgan bo‘larding? Albatta sen hammasini har kuni oxirgi summasigacha ishlatishga harakat qilasan!!!

Bilasizmi har birimizning ushbu bankda o‘z hisobimiz mavjud?! Bu bank nomini bilasizmi? – Bu VAQT.

Har erta tongdan mazkur bank sening hisobingni 86400 soniya bilan to‘ldiradi. Har kechki payt bank ma’lumotlarni o‘chirib tashlaydi va bank qaysi qismini ishlatmaganingni ko‘radi.

Ushbu bank pulni saqlamaydi va boshqa hisoblarga o‘tkazishga ruxsat ham bermaydi. Har kuni yangi hisob ochiladi. Har kechasi ortib qolgani o‘chiriladi. Agarda sen bu pullarni ishlatmasang – faqatgina sen yo‘qotasan.

Sen bugungi kunda berilgan narsaga yashashing kerak. Sog‘liqqa, baxtga, o‘z ustida ishlashga va muvaffaqiyatga ko‘proq sarmoya kiritish kerak.

Bir yil qadrini bilish uchun, bir yil o‘qishga kira olmagan insondan so‘ra.

Bir oy qadrini bilish uchun, tug’ib qo‘ygan onadan so‘ra.

Bir hafta qadrini bilish uchun, bu haqida nashr chiqaradiganlardan so‘ra.

Bir soat qadrini bilish uchun, buni bir-birini ko‘rishga intizor bo‘lgan ikki sevishganlardan so‘ra.

Bir daqiqa qadrini bilish uchun, poezdga kech qolgan insondan so‘ra.

Bir soniya qadrini bilish uchun, avtohalokatdan qochishga ulgurgan insondan so‘ra.

Bir mil soniya qadrini bilish uchun, Olimpiya o‘yinlarida kumush medal yutgan o‘yinchidan so‘ra.

Sen yashayotgan har bir lahzani qadrla!

Kecha? Bu tarix!

Erta? Bu sir!

Shuning uchun faqat HOZIR mavjud!!!!

Vaqt seni kutib o‘tirmaydi! Sen foydalangan har bir vaqtni qadrla. Hech qachon vaqtni shoshiltirma.

Hech kim o‘tmishga qaytib va o‘z boshini o‘zgartira olmaydi. Ammo har bir inson hozirdan start olib, finishini o‘zgartira oladi.

Bu dunyoda hamma narsaning o‘z tayinlangan payti bor, har bir ishning o‘z vaqti bor.

Manba: Mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » ​Senda qancha vaqt qolganini bilasanmi???