17:48 / 29.10.2016
8 914

Sizni maftun qilish osonmi?

Sizni maftun qilish osonmi?

Ushbu test ayollarga mo‘ljallangan, lekin gap muhabbat haqida emas. Es-xushingizni boshqa narsalar ham olib qo‘yishi, birovning xohishiga yoki istagiga tez ko‘nishingiz mumkinmi? Boshqa ayollar sizda bo‘lmagan yoki siznikidan yaxshiroq bo‘lgan biror narsani ko‘rsangiz, imkoniyatingizdan qat’iy nazar o‘sha narsa sizda bo‘lishiga ham urinasizmi? Buni quyidagi test savollariga javob berib, bilib olishingiz mumkin.

Testdan o‘zingizga ma’qul bo‘lgan javobni belgilang.

1. Ozish uchun parxezda edingiz. Do‘stlaringiz restoranga taklif qilishdi. Siz:

a) taklifni qabul qilasiz;

b) kun bo‘yi hech narsa emay, restoranda ham mezbonlarni xafa qilmaslik uchungina ozroq ovqat eysiz;

v) chin dildan rahmat aytib, taklifni rad etasiz.

2. Dugonangiz siz orzu qilgan ko‘ylakdan sotayapti, lekin sizda pul yo‘q. Nima qilasiz:

a) maosh olgandan so‘ng ko‘ylak sotib olasiz;

b) pul yiqquningizgacha ko‘ylakni sotib qo‘ymasligini dugonangizdan so‘raysiz;

v) biror erdan etarli pulni qarz olishni o‘ylaysiz

3. Faraz qiling, bir necha yillar pul yig‘ib olgan mashinangizni qishloqqa borib kelish uchun dugonangiz so‘rab qoldi. Qanday yo‘l tutasiz?

a) hech kimga uni bermasligingiz haqida o‘zingizga o‘zingiz qasam ichganligingizni unga samimiy bildirasiz;

b) mashinam buzuq deysiz;

v) o‘zingizni ichingizda koyib mashinani berib yuborasiz

4. Oyingizning mehmonga kiyib bormoqchi bo‘lgan kiyimini bichib-tikishga yordam berishni zimmangizga olgan edingiz. Dugonangiz telefon qilib sizni qiziq narsaga taklif qildi. Siz:

a) zarur ishimni bitirib boraman deysiz;

b) oyingizga bergan va’dangizni bajarasiz;

v) oyingizdan bu ishni o‘zi uddalashini so‘raysiz.

5. Muzeydagi ko‘rgazmaning ochilishida yaxshi bir odam bilan tanishdingiz. U erda erkin gaplasha olmaganingiz uchun u sizni yo‘lning narigi tomonidagi uyiga taklif qildi:

a) siz buni ajoyib fikr deb topasiz;

b) ertaga qahvaxonada uchrashishni taklif qilasiz;

v) uning fikrini buzuq ekanligini aytib, sovuq xayrlashasiz.

6. Bir bellashuvda asosiy yutuqni yutdingiz. Nimani tanlaysiz:

a) tog‘li dam olish maskanida ikki haftalik hordiq;

b) naqd pul mukofoti;

v) mobil telefon, elektr choynak va h.k.

7. Tunda qanday kiyimda uxlashni yoqtirasiz?

a) tungi ko‘ylak;

b) pijama;

v) kiyimsiz.

8. Eringiz vaqti- vaqti bilan sizga gul sovg‘a qiladi. Sizga qanday gul yoqadi:

a) atirgul;

b) binafsha;

v) orhideya.

9. Yulduzlar bashoratiga ishonasizmi?

a) xa;

b) yo‘q, chunki bu bemanilik;

v) bashorat ijobiy bo‘lsa, ishonaman.

10. Bozorga borib ko‘p narsa sotib oldingiz. Uyga qaytishga esa pulingiz qolmabdi. Siz:

a) avtobusda «quyon» bo‘lib ketasiz;

b) piyoda qaytasiz;

v) notanish biror kishidan qarz so‘rab turasiz.

11. Siz shaharning mashhur sartaroshxonasida sochingizni turmaklatdingiz. Yaqin dugonangiz esa sochingiz sizni qari ko‘rsatayapti dedi, siz:

a) darhol sochingizni o‘zgartirasiz;

b) bu tanqidga e’tibor bermaslikka harakat qilasiz;

v) biror narsa qilishdan oldin boshqalarning ham fikrini bilasiz.

12. Sumkangizni ichi qanaqa:

a) tartibli, har narsaning o‘z joyi bor;

b) biroz tartibsiz;

v) hamma narsa aralash-quralash.

Quyidagi yordamida to‘plagan ballaringizni hisoblang.

1 savol a-3, b-2, v-1

2 savol a-2, b-1, v-3

3- savol a-1, b-2, v-3

4- savol a-2, b-1, v-3

5- savol a-3, b-2, v-1

6- savol a-3, b-1, v-2

7- savol a-2, b-1, v-3

8- savol a-3, b-2, v-1

9- savol a-2, b-1, v-3

10- savol a-3, b-1, v-2

11- savol a-3, b-1, v-2

12- savol a-1, b-2, v-3

12 19 ball

Siz nima xohlashingizni va nimani xohlamasligingizni juda yaxshi bilasiz. Siz qat’iy tamoyil qarashlarga egasiz va ulardan chekinmaysiz. Bu bir tomondan yaxshi, chunki xatoga yo‘l qo‘ymaysiz. Boshqa tomondan esa bunday narsalarga jiddiy qarab, ularni qattiqqo‘llik bilan baholab, yashash og‘ir. Buning natijasida siz yoqimli, kutilmagan sovg‘alardan, ya’ni hayot quvonchlaridan mahrum bo‘lib qolasiz. Xavf haqida o‘ylamay, hamma narsaga havas bilan qarang.

20 28 ball

Ba’zan indamas odamdek tasavvur uyg‘otasiz, keyin esa kutilmagan kuchli hissiyotlarni namoyon qilasiz. Agar aql va hissiyotdan birini tanlash kerak bo‘lsa, doim aql engib chiqadi. Hech qachon es-hushingizni yo‘qotar darajada hayajonlanmaysiz. Siz bilan munosabat o‘rnatmoqchi bo‘lgan odam sabrli bo‘lishi kerak. Sizni faqat «aql» orqali ishontirish mumkin. Vaqtinchalik tanishlarni yoqtirmaysiz, ularga e’tibor bermaysiz. Haqiqiy buyuk do‘stlikni va muhabbatni qadrlaysiz.

29 36 ball

Hayotning barcha huzur-halovatlaridan foydalanib, unga o‘yindek munosabatda bo‘lishni yaxshi ko‘rasiz. Agar kimdir bu o‘yinga qo‘shilmasa, undan xafa bo‘lasiz. Siz hamma uchun yoqimli, iltifotli va samimiysiz, biroq o‘z do‘stlaringizdan ular xohlagandan tezroq ajralasiz. O‘ta hissiyotlisiz — bir qarasa ettinchi osmondasiz, keyin esa birdan noxushliklardan chuqur g‘amga botasiz. Siz voqeliklarga to‘g‘ri baho berishni o‘rganishingiz kerak, aks holda, yo‘qotilgan baxtni topishga qiynalasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sizni maftun qilish osonmi?