14:15 / 31.10.2016
27 685

Vaqt haqida ajoyib tavsiyalar

Vaqt haqida ajoyib tavsiyalar

— Siz uhlayotganda vaqt o‘tmoqda …
— Siz o‘ylanayotganingizda vaqt o‘tmoqda …
— Qanday pul topishni o‘ylaguningizcha vaqt o‘tmoqda …

Oylar haftadek, haftalar kundek, kunlar soatdek, soatlar chaqmoqdek o‘tib bormoqda. Siz anglamayapsiz biroq oltinga teng umr o‘tib bormoqda. Tushuning do‘stim g‘animat vaqt ortga qaytmaydi. Tanasidan bir joni chiqsa sizni katta qilgan ona qaytmaydi. Siz rahmdildirsiz ammo vaqtni sizga rahmi kelmaydi.

* VAQT bu asosiy boylik. Siz ikkilanib turgan vaqtda kimdir tavakkal qilib omadga erishmoqda.
* Siz jur’atsiz yurganingizda kimdir jur’at qilib baxtga erishmoqda.
* Hayotda kimgadir tobe bo‘lsangiz begonaga omad daromad keltirasiz.
* Siz befoyda ishlar bilan bandligingizda kimdir foydali ish bilan o‘sib bormoqda.
* Sizni har kun ko‘pchilik xafa qilishi mumkin, yuragingizga yaqin olmang. Ularni unuting. Aksincha ular sizni xayolingizni band qilib rejalaringizni buzmoqda.
* Har kun har hil muammolar bo‘lishi mumkin. Kuchli bo‘ling. Katta orzular bilan yashang va orzularingizni ro‘yobga chiqarish haqida o‘ylang.
* Hayotingizda yaxshi va yomon odamlar uchraydi, hammasi bilan aloqa qilishga to‘g‘ri keladi. Sabr qiling vaqt o‘zi ularni saralab beradi.
* Inson umri juda qisqa, bu dunyoda qancha vaqtingiz bor bilmaysiz. Shuning uchun vaqtingizni keyin afsus qilmaslik uchun o‘zingiz yoqtirgan mashg‘ulotga sarflang.
* Unutmang bugun tavakkal qilmasangiz ertaga kech bo‘ladi.
* Har kun yangi tong otadi bu degani yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
* Vaqtni boy bermang, chigal masalalarni maslahatlashib ish ko‘ring. Lekin o‘z mustaqil fikringiz bo‘lsin.
* Shuni unutmangki inson har ishni xayolda emas amalda qilsa hurmat topadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Vaqt haqida ajoyib tavsiyalar