22:15 / 25.11.2016
8 174

Oilaviy munosabatlarda ayollarning 12 xatosi

Oilaviy munosabatlarda ayollarning 12 xatosi

Oilada muvozanat saqlashda ayol kishining roli katta deyishadi. Xo‘sh, buning uddasidan chiqmagan ayollarimiz o‘zlari bilmagan holda qanday xatoliklarga yo‘l qo‘yishar ekan? Masalaga oydinlik kiritamiz, deyiladi Darakchi nashrida.

Nuqson izlash. Tug‘ilgan g‘ashlik turmush o‘rtog‘ining ishi, dunyoqarashi yoki ho‘l sochiqni joyiga ilib qo‘ymasligi bilan bog‘liqmi, buning farqi yo‘q. Muhimi, ayolga yoqmayapti. Aksariyat ayollarimiz bunday holatda erni tarbiyalashga kirishishadi. Ammo erkak kishining ham o‘z haqiqati bor. Bu bilan hisoblashmaslik katta xato.

Nima qilish kerak? Uning haqiqati bilan hisoblashing. Turmushdagi totuvlikni saqlab qolishning asosiy omillaridan biri o‘zaro kelishuv asosida munosabat qurish. Negaki turmush o‘rtog‘ingiz shundog‘am necha yil davomida ota-onasining qattiq nazorati ostida voyaga etgan. Yangi tergovlarni endi u ko‘tarmaydi.

Turmush o‘rtog‘ingizni hech qachon o‘zgarmaydi, deb o‘ylamang. Ancha yildan buyon birga yashab kelayotgan juftliklarga bir e’tibor bersangiz, tashqi ko‘rinishi, hattoki xatti-harakatlari ham o‘xshash. Siri esa birgalikda yashab o‘tgan vaqt. Besh, boringki etti yil deganda siz kutgan insonga asta aylanib borayotgan turmush o‘rtog‘ingiz buning yaqqol isboti.

Sabrli bo‘ling! Turmush o‘rtog‘ingiz o‘zgarishini talab qilmay, unga yumshoqlik bilan ta’sir o‘tkazishga harakat qiling. Ko‘cha-ko‘yda, ishxonada kimdir sizni xafa qilsa unga darhol shu taxlit javob qaytarmaysiz, to‘g‘rimi?

Juftingizni o‘zingiz tanlagansiz! Demak, yo‘l qo‘yadigan xatolarni kechirish uchun ham o‘zingizda kuch topishingiz kerak. Unga hech zamonda zarda qilmang. Siz kabi u ham ko‘chadan asabiylashib kelgan bo‘lishi mumkin.

Boshqalarning fikriga tayanib ish tutmang! Bahsda ota-onangiz yoki boshqa maslahatgo‘ylarning fikriga asoslanishdan avval yaxshilab o‘ylang. Hayotingizda eng yaqin inson turmush o‘rtog‘ingiz emasmi?

Yodda tuting! Juftingiz siz kutgan shahzodalikning rolini qoyilmaqom qilib o‘ynab beradigan aktyor emas. Aslida siz ham mukammal insonga munosib rafiqamisiz? Bu haqda ham o‘ylab ko‘ring.

Tanqid qilmang! «Jo‘mrakni tuzatishni ham eplay olmadingiz! Shkafning eshigi qachon tuzatiladi o‘zi? Qilgan bozor-o‘charingizni ahvoliga bir qarang!..» Davom etaverasizmi yoki bas qilish fursati etdimi? Aqlingizni yig‘ishtirmasangiz katta janjal yasaysiz.

Urush chiqqanda munosabatlarni hal etmang! Bu vaqtda odamning kayfiyati, ayniqsa, yomon bo‘ladi. Osonlik bilan aytilgan yomon gap juftingizni xotirasida o‘chmas iz qoldirishi mumkin.

Turmushingiz davomida yaxshi kunlar bo‘lganiga ishonamiz. Bu kunlarni ko‘proq esga olib, ichki alamni surib chiqaring.

Munosabatlarga qanday aniqlik kiritish kerak? Ularga aniqlik kiritishning nima keragi bor? Modomiki ikkalangiz turmush qurgan ekansiz, savolga javobning o‘zi shu. Bir-biringizni qattiq sevasiz.

Bir necha kun norozi qiyofada yurib masalani hal etish mumkin, deb o‘ylamang. U aybini tushunib kechirim so‘rashini kutmang! Qaytaga bu holat yanada jahlini chiqarishi, eng yomoni, boshqa ayol haqida o‘ylay boshlashi hech gap emas.

Murakkab vaziyatdan osongina chiqib ketishning yo‘li, barchasini hazilga burish. Birorta komedik filmdagi vaziyatni eslang. Juftingizga kulgili latifa aytib bering, birgalashib kuling.

Ayol kishidagi qaysarlik jufti bilan o‘zaro munosabatda pand beradi. Erkak kishiga bo‘ysunishni istamagan ayolga qaraganda erkakka bo‘ysunib, keyin yumshoqlik bilan yo‘rig‘iga yurgaza olgan ayol yutib chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oilaviy munosabatlarda ayollarning 12 xatosi