22:34 / 06.12.2016
18 368

Erkak kishi bilan muloqotga kirishishning 3 siri

Erkak kishi bilan muloqotga kirishishning 3 siri

1-sir: Erkaklar suhbat maqsadi aniq bo‘lgandagina muloqotga kirishadi. Ayollar esa birinchi o‘rinda maqsadni emas, jarayonni mo‘ljallashadi.

- Suhbat maqsadi mavhum bo‘lmasin.
- Erkakka savol berishni o‘rganing. Masalan, «ishlaringiz qanday?» deb oddiygina so‘rasangiz, javob ham qisqa bo‘ladi: «yaxshi» yoki «bo‘ladi». Buni shunday tarzda to‘g‘ri so‘rashingiz mumkin: «azizim, yangi loyihangiz qanday bo‘layapti? Rostdan ham o‘zingiz o‘ylaganchalik qiyin ekanmi?»
- Gapning dangalini ayting, biror nimaga shama qilib, erkakni mavhumlik bilan cho‘chitmang.

2-sir: Erkak jim holda fikr yuritadi va oxirgi natijanigina aytadi.

Juftingiz bilan biror nimani muhokama qilayotganda javobni o‘ylab olishiga imkon bering.

3-sir: Erkaklar uchun o‘z tuyg‘ularini ifodalash oson ish emas. Biz esa buning uchun ularni hissizlikda ayblaymiz. O‘z navbatida bu ularning «ayolim meni tushunmaydi», degan qaroriga sabab bo‘ladi. Shu bois:

- Erkak fikrini ifodalayotganida gapini bo‘lmang.
- Tuyg‘ularini aniqlab olish jarayonida sabrli bo‘ling. Chunki erkak kishiga hislarini ifodalash bizchalik oson emas.
- Juftingizga uning fikrini tushunayotganingizni bildiring. Shunda u sizning tuyg‘ularingizni yanayam hurmat qiladi.
- Sevgilingizga nisbatan e’tiborli va samimiy bo‘ling.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Erkak kishi bilan muloqotga kirishishning 3 siri