14:50 / 22.12.2016
10 159

Aksariyat ayollar qish mavsumida yo‘l qo‘yadigan 4 xato

Aksariyat ayollar qish mavsumida yo‘l qo‘yadigan 4 xato

Ko‘chaga otlandingizmi? Shoshmang! Aksariyat ayollar qish mavsumida yo‘l qo‘yadigan xatolarni takrorlamadingizmi? Qanaqa xato deysizmi? Mana, ulardan to‘rttasi.

1. «Krem qancha yog‘li bo‘lsa, shuncha yaxshi!»

Teringiz aslida yog‘li yoki aralash turga mansub bo‘lsa, yog‘li krem yordamida qo‘shimcha muammo orttirib olishingiz turgan gap. Sababi yog‘lilik darajasi etarli bo‘lgan teri qo‘shimcha yog‘ni qabul qilolmaydi. Natijada teri kataklarining berkilib qolishi yoki yog‘ muvozanati buzilishi mumkin. Lekin teri qavati nozik (yupqa) va quruq bo‘lsa, yog‘li kremlar ziyon qilmaydi.

Siz uchun: teringiz qaysi turga mansubligini bilsangiz, avvaldan foydalanib kelayotgan kremlaringiznigina ishlating. Yagona sharti: sovuq mavsumda bunday kremlarni biroz qalinroq surtish kerak.

2. «Yuzim quruqlashmasa bo‘lgani...»

Sovuq havo dastlab yuzda sezilgani bois asosiy e’tiborni yuz terisi parvarishiga qaratamiz-u, bo‘yin va qo‘l terisi haqida unutib qo‘yamiz. Aslida esa qo‘l va bo‘yin terisi yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni birinchi namoyon etuvchi sohalardir. Shu bois qishki parvarishda faqat yuz terisiga e’tibor qaratishning o‘zi etarli emas.

Siz uchun: yuzingiz uchun foydalanadigan kremlardan bo‘yin sohasiga ham surting. Bu ishni kechqurun uyquga yotishdan avval bajarsangiz, teri kataklari kremdagi kerakli ozuqani yaxshi qabul qiladi. Qo‘l terisining parvarishini esa bir kunda bir necha marotaba bajarish mumkin. Bunda sizga qo‘l terisini yumshatuvchi va oziqlantiruvchi kremlar (zaytun yog‘i, limon, moychechak asosidagi) asqotadi. Qo‘lingizni yuvgandan so‘ng albatta artib quritish kerakligini unutmang.

3. «Qishki quyosh nurlari zararli emas...»

Teriga ta’sir etuvchi quyosh nurining ikki xil ko‘rinishi mavjud bo‘lib, ularni A va V turga ajratishadi. V turdagi quyosh nuri yozgi mavsumda teri uchun xavfli bo‘lsa, A turidagisi qishda terini zararlantiradi. Aynan mana shu A turidagi quyosh nuri yuz terisida yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi.

Siz uchun: zamonaviy kremlar tarkibida ikki turdagi quyosh nuridan ham himoyalovchi birikmalar mavjud. Kosmetik vositalar sotiladigan do‘konlardan doim foydalanadigan kremingizning qishki mavsum uchun mo‘ljallanganini surishtirib, xarid qilsangiz, foyda qilasiz. Xarid vaqtida krem tarkibi yozilgan qismiga e’tibor bering. Unda quyosh nuridan himoyalovchi asos mavjudligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, ikkilanmay olavering.

3. «Lab bo‘yog‘i lablarimni quritmaydi…»

Aslida esa quritishi ham mumkin. Chunki hamma lab bo‘yoqlari tarkibida ham sovuq mavsumga dosh beradigan birikmalar mavjud emas. Ya’ni tarkibidagi moddalar havo haroratida sifat darajasini saqlab qololmaydi. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, ko‘chaga chiqishdan avval surtgan lab bo‘yog‘ingiz bir necha soatdan so‘ng lab terisi ustida yig‘ilib, quruqlashib qoladi. Sababi esa oddiy: yo lab bo‘yog‘i sifatsiz, yo lab terisini noto‘g‘ri parvarishlaysiz. Axir lab bo‘yog‘ini surtishdan avval lab terisiga ham e’tibor qaratish kerak-da!

Siz uchun: lablaringizga vaqti-vaqti bilan asal surtib turing. U lablar terisini yumshatib, yorilishining oldini oladi. Bu ishni oddiy kosmetik vazelin yordamida ham bajarish mumkin. Barmog‘ingizga biroz vazelindan surtib, lablarga ohista ishqalab, singdiring. Muolajani bir kunda ikki marta bajaring. Lab bo‘yog‘ini ishlatganingizdan so‘ng labingizda yig‘ilib qolishini sezsangiz, yaxshisi, uni boshqasiga almashtiring.

Samira ULUG‘BEKOVA tayyorladi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Aksariyat ayollar qish mavsumida yo‘l qo‘yadigan 4 xato