Epikur va boshqa oddiylik tarafdorlarining fikricha, asosiy ehtiyojlar qoniqtirilishi sharti bilan ham yaxshi yashash mumkin. Xuddi shunday fikrni psixolog Abraham Maslouning "ehtiyojlar ierarxiyasi"da ham topish mumkin. Biroz to‘g‘irlash kiritilgan bu dalil ortiqcha boylikning bir necha cho‘ntaklarga taqsimlanishiga yo‘l qo‘ymay, har bir insonni oziq-ovqat mahsulotlari, turar joy, sog‘liqni saqlash, ta’lim, kommunal xizmatlar va jamoatchilik transporti kabi eng asosiy ehtiyoj bilan ta’minlashga yordam berishini ko‘zda tutadi.
Suqrot yoki Epikurning oqil va donoliklariga qaramay, envayronmentalizm (XX asrda Evropa mamlakatlarida keng tarqalgan, atrof-muhit himoyasini kuchaytirishga qaratilgan ijtimoiy ekologik harakat, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot hamda atrof-muhit boshqaruvi nazariyasi) nuqtai nazaridan oddiy hayot arkonlarini himoya qilish xayollariga ham kelmagan bo‘lar edi. Ikki asr sanoatlashtirish, aholi sonining oshishi va haddan ziyod iqtisodiy faollik bizga smog, ko‘l, daryo va okeanlarning ifloslanishi, zaharli chiqindilar, tuproq eroziyasi, kesilgan o‘rmonlar, jonivorlar va global isishni "meros qoldirdi". Oddiylik falsafasi esa yuqorida qayd etilgan tendensiyalarga chek qo‘yish va sayyoramizning nozik ekotizimini saqlab qolishga umid bag‘ishlaydi.
Ko‘pchilik bu fikrni ma’qullamasligi mumkin, biroq bizning ishlab chiqarish va qayta ishlash borasidagi zamonaviy usullarimiz buni amalga oshira olmasa, shunday payt kelishi mumkinki - biz shunchaki oddiylik tomon yuz tutamiz va bu tez orada sodir bo‘ladi. Shunday bo‘lgan taqdirda esa qadrli oddiylik an’anasi kelajak falsafasiga aylanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi