Deyarli bir asr ilgari jurnalist Napaleon Hill Amerikaning eng badavlat va omadli ishbilarmonlari tomonidan qo‘llanuvchi strategiyalarini kashf qilish missiyasiga otlandi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
U 20 yil davomida 500dan ziyod millioner hayotini o‘rganib chiqdi, uning tadqiqotlari 1937 yilda tugallanib, "O‘ylang va boying" bestsellerida o‘z ifodasini topdi.
Hillning so‘zlariga ko‘ra, sevgi-muhabbat va romantika omad va boylikni belgilab beruvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Bu his-tuyg‘ular erkaklarni yuqori cho‘qqilar sari chorlaydi.
"Kareradagi eng muhim tanlov kimga uylanishingga bog‘liq", - deydi Facebook tarmog‘ining bosh operasion direktori Sheril Sandberg.
Ko‘pchilik bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi, jumladan Ketrin Elford ham: "Agar men boshqa turmush o‘rtoq tanlaganimda hayotim mutlaqo boshqacha bo‘lardi..."
Bu omil katta ahamiyatga ega. Tadqiqotlar ham bunday fikrlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Sent-Luisdagi Vashington universiteti olimlari Brittani Solomon va Joshua Jekson o‘tkazgan tadqiqot ham insofli va farosatli turmush o‘rtoq maoshning sezilarli darajada oshishiga sabab bo‘lishini ta’kidlashgan.
Bunday yor o‘z juftining kareraga katta e’tibor qaratishiga imkon yaratadi. Bundan tashqari, ularda o‘z turmushidan mamnunlik hissi seziladi. Tadqiqotchilar uyda stress va dramaning yo‘qligi hamda qulay sharoit ishdagi ruhiy va jismoniy faollikka olib kelishini ta’kidlashadi.
Hill falsafasining muayyan qismi eskirgan bo‘lsa-da, uning mustahkam munosabatlar boylik va farovonlikka etaklashiga doir fikrlari hanuz o‘z isbotini topmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!