Homiladorlikning so‘nggi uch oyida baliq yog‘ini iste’mol qiluvchi ayollarda bolani astma bilan tug‘ish xavfi kamayadi. Daniyadagi Kopengagen universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi. Bu haqda New England Journal of Medicinega asoslanib Kun.uz sayti ma’lum qilmoqda.
Tadqiqotda 736 nafar ayol ishtirok etdi. Homiladorlikning so‘nggi uch oyida ularning yarmi kuniga 2,4 grammdan baliq yog‘ini iste’mol qilgan, qolgan yarmi esa - plaseboni. Baliq yog‘ini iste’mol qilgan ayollarning farzandlari orasida astmaga yo‘liqqanlar 17 foizni tashkil etdi, plasebo iste’mol qilgan ayollar orasida esa bundaylar deyarli 24 foizni tashkil qildi.
Tadqiqot ayollar va bolalarga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, olimlar homilador ayollarga hozircha baliq yog‘ini tavsiya qilishmayapti. Bunga tajribada qo‘llangan doza amerikaliklarning odatiy dozasidan 15-20 barobar ko‘p bo‘lganligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqotni yana bir bor kamroq dozada va homiladorlikning ilk muddatlarida takrorlab ko‘rish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi