11:54 / 31.12.2016
10 854

Barvaqt qarishga olib keluvchi odatlar

Barvaqt qarishga olib keluvchi odatlar

Ba’zi odatlar odamning erta keksayishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Kam uxlash

Me’yoridan kam uxlash terida barvaqt qarish belgilari paydo bo‘lishiga va muhitning zararli ta’sirini qayta tiklash qobiliyatining pasayishiga olib keladi.

Shirinlikni ko‘p eyish

Shirinlikni me’yoridan ko‘p iste’mol qilish – umrni qisqartiruvchi eng zararli odatlardan biri hisoblanadi.

Quyoshda ko‘p yurish

Yoshlikni saqlab qolishni xohlaysizmi? Quyoshli paytlarda SPF-15 kremidan foydalaning, quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqing, shlyapa kiying.

Terini skrablash

Skrab yoki terini tozalashning boshqa usullarini suiiste’mol qilish terining barvaqt qarishining tezlashuviga olib keladi. Ayniqsa ayollar uchun terini qo‘pol ravishda tozalash – qarilikni tezlashtiruvchi yo‘l hisoblanadi.

Kam harakatlanish

Muntazam ravishda kam harakatlanish – yurak-tomir, saraton, diabet kasalliklarining kelib chiqish xavfini kuchaytiruvchi omil hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Barvaqt qarishga olib keluvchi odatlar