16:20 / 05.01.2017
11 137

Organizmda tuz etishmasligi qanday oqibatlarga olib keladi?

Organizmda tuz etishmasligi qanday oqibatlarga olib keladi?

Hammamiz tuzli ovqatlarni ko‘p iste’mol qilish organizmga zarar keltirishi to‘g‘risida yaxshi bilamiz. Organizmda tuzning etishmasligi esa nimalarga olib kelishini ko‘pchilik bilmaydi.

Tuz tanqisligi nimaga olib keladi?

Asab faoliyatining buzilishi

Tuz – organizmga asab tizimi me’yoriy ravishda faoliyat ko‘rsatishi uchun talab qilinadi. Tuz etishmovchiligining asablar faoliyatiga salbiy ta’siri natijasida tomir tortishish xurujlari, dezorientasiya va og‘ir behushlik holatlari yuz berishi mumkin.

Mushaklarni boshqarishning pasayishi

Organizmda tuz etishmasligi – mushaklar harakatini boshqarishning pasayishiga ham olib keladi va shishlar, og‘riqli spazmlar, mushaklar zaiflashuvi ko‘rinishida nomoyon bo‘ladi.

Giponatriemiya

Giponatriemiya – organizmda tuz etishmasligi oqibatida paydo bo‘ladigan yana bir kasallik bo‘lib, ko‘ngil aynish, qayt qilish, ishtahaning yo‘qolishi, charchash va tomir tortishish kabi belgilari mavjud.

Yurak xastaliklari

Tuz etishmasligi xolesterin miqdorining 4,6 foizga ko‘payishiga olib keladi. Qon tarkibida yog‘larning yig‘ilib qolishi yurak-tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Miya shishi

Miya shishi – tuz miqdorining kamayishi oqibatida paydo bo‘ladigan eng xavfli kasalliklardan biri bo‘lib, tezlikda yotib davolanishni talab qiladi.

Bunday holatlarga tushmaslik uchun nima qilish kerak?

Parhez sohasidagi mutaxassislar tekshirishi natijalariga ko‘ra, organizmda kaliy-natriyli almashinuv me’yorini saqlash uchun bir kishiga bir sutkada 10 grammgacha tuz kerak bo‘ladi.

To‘g‘ri ovqatlanish – organizm uchun talab qilinadigan tuz miqdorining me’yorini saqlashda yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Organizmda tuz etishmasligi qanday oqibatlarga olib keladi?