Mevalarni kattalar ham kichiklar ham sevib iste’mol qilishadi. Yilning qaysi vaqti bo‘lmasin, uydagi bor mevalardan salat ham tayyorlashingiz mumkin. Bugun biz mevali salat tayyorlashning asosiy reseptini e’tiboringizga havola qilmoqchimiz.
Masalliqlar:
- Mevali yogurt — 100-200 gr;
- Qizil olma — 1 dona;
- Banan — 1 dona;
- Kivi — 2 dona;
- Mandarin — 1 dona;
Tayyorlanishi:
Mevalarni yaxshilab yuving.
Banan, mandarin va kivini arching, mayda qilib kubik shaklida to‘g‘rang.
To‘g‘ralgan mevalarni yogurt bilan aralashtiring.
Kichkina likopchalarga qo‘yib ustini mandarin bo‘lakchasi bilan bezating.
Tayyor bo‘lgan mevali desertni biryo‘la dasturxonga tortishingiz mumkin.
Salat uchun mevalarning har qanday turidan foydalanishingiz mumkin. Yogurt o‘rniga esa muzqaymoq ishlatsangiz ham bo‘ladi. Shirinlikni sevadiganlar uchun salat ustiga shokolad kukuni sepilsa, yanada mazali bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi”