23:56 / 06.01.2017
91 195

Yuz tuzilishiga qarab ideal soch turmagi tanlash sirlari

To‘g‘ri tanlangan soch turmagi yordamida yuz kamchiliklarini yashirish va yanada jozibali ko‘rinish mumkin. Biroq eng zamonaviy soch turmagi ham yuzning o‘ziga xos jihatlarini e’tiborga olmasdan tanlanganda uslubingizni buzib yuborishi mumkin.

Xo‘sh, soch turmagi tanlashda nimalarga e’tibor qaratish lozim?

Cho‘ziq (oval) yuz eng muvofiq yuz tuzilishi hisoblanadi. Bunday yuzga har qanday soch turmagi yarashadi. Bunda turli kontrastlarni qo‘llash mumkin, masalan, chyolka tushirish yoki tushirmaslik, quloqlarni ochiq qoldirish yoki soch ostiga yashirish, simmetrik yoki asimmetrik soch turmagi kabilar.
Yuz tuzilishiga qarab ideal soch turmagi tanlash sirlari

Uchburchak yuz tuzilishi sohibalari yuzga yassi ko‘rinish beruvchi, chakka qismi hurpaytirilgan soch turmaklaridan voz kechishlari lozim. Yon tomondan farq ochib, soch kokillari bo‘yinga tushib turadigan soch turmaklari tavsiya etiladi. Peshona yengil tushib turuvchi soch bilan qisman berkitiladi.

Kvadrat yuz tuzilishi uchun asimmetrik turmaklar mos keladi. Tekis sochlardan qalin uzun chyolka tushirish tavsiya etilmaydi. Chunki u iyakning keng oldinga chiqib turgan qismiga yanada urg‘u beradi. Silliq taralgan sochlar esa peshonaning notekis chizig‘ini ochib qo‘yadi.

To‘g‘ri burchakli yuz tuzilishi uchun quloqlarni yopib, yuzni kokillar bilan o‘rab turuvchi soch turmagi yarashadi. Chakka sochlarni silliq tarab, peshonani ochish tavsiya etilmaydi. Chakka qismi hurpaytirilgan asimmetrik soch turmaklari tavsiya etiladi.

Yumaloq yuz sohibalari yuzni cho‘zinchoqroq ko‘rsatuvchi soch turmaklarini tanlashi zarur. Bu holatda yuqoriga ko‘tarilgan sochlar va peshona qismiga to‘lqinsimon chyolka tushirilgan turmaklar mos keladi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yuz tuzilishiga qarab ideal soch turmagi tanlash sirlari