Hayotimizni pardoz-andoz va atirlarsiz tasavvur qilish juda qiyin. Sog‘liq va go‘zalligimizni asrash maqsadida kosmetika vositalarini tez-tez nazorat qilib turish muhim ahamiyatga ega.
Kosmetika vositasini tashlab yuborish vaqti kelganidan darak beruvchi belgilar:
Hidining o‘zgarishi
Eskirishning birinchi belgisi – hidning o‘zgarishi. Agar siz achchiq, taxir yoki zax bosgan hidni sezgan bo‘lsangiz – o‘ylanmasdan tashlab yuboring.
Tarkibining o‘zgarishi
Tonal vositalar va kremlarni diqqat bilan tekshiring. Agar krem quyuqlashgan yoki suyuqlashgan bo‘lsa hech ikkilinmasdan tashlang. Shuni unutmangki, ochilgan tushlarning saqlanish muddati – 3 oydan ko‘p emas.
Rangining o‘zgarishi
Tonal kremlar va lab bo‘yoqlari tashqi ta’sirlar (quyosh nuri, havo harorati va shu kabilar) natijasida dastlabki rangini o‘zgartirish xususiyatiga ega. Agar rangi sezilarli darajada o‘zgargan bo‘lsa kremdan voz kechishingizga to‘g‘ri keladi.
Bunday kosmetika vositasining xavfi nimada?
Birinchidan, eskirgan vositalarni ishlatish befoyda. Ikkinchidan, ular allergiya qo‘zg‘atishi va hatto infeksiyaga sababchi bo‘lishi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi