07:13 / 11.01.2017
20 746

Homilador ayollarga qishki kiyimlar tanlaymiz

Homilador ayollarga qishki kiyimlar tanlaymiz

Homiladorlik paytida ham qulay, ham issiq va ham urf bo‘lgan kiyimlarni tanlash juda qiyin. Yaxshisi, maqolamizni diqqat bilan o‘qib chiqing va o‘zingizga eng ma’qul bo‘lgan variantni tanlang.

Poncho va nakidkalar

Poncho va nakidkalarni homilador ayollar orzusidagi kiyimlar deyish ham mumkin. Ular ham qulay, ham ommabop va eng asosiysi holatingizni yashirib, qomatingizni xushbichim ko‘rsatadi.

Palto

Sovuq paytda kiyiladigan ustki kiyimlarning kengroq bichimdagilarini tanlaganingiz ma’qul. Bu homiladorlikning keyingi davrlarida ham bemalol harakatlanishga yordam beradi.

Par kurtka (puxovik)

Agar sizga sport uslubi ma’qul bo‘lsa, homiladorlik vaqtida ham bunday kiyinish juda qulay. Bugungi kunda ayniqsa puxoviklar urf bo‘lgan. Hajmi katta va issiq puxoviklarda hattoki holatingiz bilinmasligi ham mumkin.

Parka

Parka – yengil va issiq mo‘ynali matodan keng qilib tikilgan ustki kiyim sifatida har doim ayniqsa, homiladorlik davri uchun eng yaxshi variant hisoblanadi. Parkalarni homilador bo‘lmagan paytlarda ham bemalol kiyish mumkin, chunki keng bichimdagi kiyimlar uzoq vaqtgacha urfdan chiqmaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Homilador ayollarga qishki kiyimlar tanlaymiz