Kunduzgi va oqshom makiyajini lab bo‘yog‘isiz tasavvur qilish qiyin. Ana shu oddiy pardoz buyumi ayol kishining tashqi ko‘rinishini hayratlanarli darajada o‘zgartirishga qodir.
Lab bo‘yoqlaridan ba’zilari lablaringizni sovuq va shamoldan himoya qilsa, boshqalari undagi yoriqlarni bartaraf etadi, yana biri esa kun davomida o‘z rangini saqlaydi.
Lab bo‘yog‘i turlari
Namlantiruvchi lab bo‘yog‘i lablarni yumshatib, ularni po‘st tashlash va quyosh nurlaridan himoya qiladi. Ularning tarkibida ko‘plab foydali yog‘lar (avokado, kanakunjut moyi) bor. Bahor va yoz fasllarida ulardan foydalanish zarurati yuzaga keladi. Biroq bunday lab bo‘yog‘i uzoq saqlanmaydi.
Oziqlantiruvchi lab bo‘yog‘i qishda lablarimizga yordamga keladi. Ular tarkibidagi mum, o‘simlik ekstraktlari, yog‘lar va antioksidantlar lablarni sovuq va shamoldan himoya qilib, yoriqlar paydo bo‘lishining oldini oladi.
Gigienik lab bo‘yog‘i faqat o‘simliklardan olingan ranglardan iborat yoki rangsiz bo‘ladi. Ular tarkibida odatda shamollashga qarshi, quyoshdan himoyalovchi moddalar, shuningdek vitaminlar mavjud bo‘ladi. Kuz va qish ulardan foydalanish uchun eng yaxshi mavsumdir.
Rangi uzoq vaqt saqlanuvchi lab bo‘yoqlari 8—12 soat davomida, hatto ovqat tanovul qilgandan keyin yoki yuvingandan keyin ham o‘z rangini saqlaydi. Biroq ular lablarni quritib yuborishini yoddan chiqarmang.
Tekstura
Yaltiroq lab bo‘yog‘i lablarga jilva va yengil rang beradi. Bunday pardoz vositasi lablarni kattaroq ko‘rsatish imkonini beradi.
Jilosiz lab bo‘yoqlari ko‘proq saqlanadi. Ular lab yuzasiga urg‘u berganligi uchun ulardan faqat sog‘lom va parvarish qilingan lablar sohibalari foydalanishi mumkin.
Rang
Lab bo‘yog‘i rangini ko‘z va sochlaringiz rangidan kelib chiqib tanlashni tavsiya qilamiz.
– Jigar rang ko‘z sohibalariga och jigar rang yoki jigar rang lab bo‘yog‘i mos keladi.
– Kulrang ko‘z sohibalariga esa olxo‘ri rangidagi lab bo‘yoqlarini sinab ko‘rishni tavsiya etamiz.
– Ko‘zlari moviy yoki yashil rangda bo‘lgan ayollar ikkilanmasdan yorqin ranglarni tanlashi mumkin. Shuningdek, ularga pushti rangdagi lab bo‘yog‘i ham yarashadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!