17:48 / 17.01.2017
24 880

Organizmda oqsil tanqisligini qanday bilish va to‘ldirish mumkin?

Organizmda oqsil tanqisligini qanday bilish va to‘ldirish mumkin?

Oqsil etishmasligini odamning umumiy ahvoli va tashqi ko‘rinishidan darrov bilib olsa bo‘ladi. Jismoniy kuch va mushaklar faolligidan tashqari, aqliy faoliyat ham keskin pasayadi. Shuning uchun organizmda proteinlar kamayishining sabablarini va ularni bartaraf etish yo‘llarini bilish juda muhimdir.

Organizmda protein etishmasligining asosiy sababi – tarkibida oqsil moddasi bo‘lgan ovqatlarning kam iste’mol qilinishi.

Protein etishmasligining ikkinchi darajali sabablaridan biri – organizmda modda almashinish jarayonining buzilishi bo‘lishi ham mumkin.

Yoki endokrin tizimining yaxshi ishlamasligi ham bu sababni keltirib chiqarishi mumkin.

Organizmda oqsil etishmovchiligini bartaraf etish uchun tarkibida oqsil moddasi ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni me’yorida iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Bu oziq-ovqat mahsulotlariga quyidagilar kiradi:

– parranda go‘shti (kurka, tovuq, o‘rdak);
– yog‘siz mol go‘shti;
– bedana va tovuq tuxumi;
– yasmiq (chechevisa), loviya;
– boshoqli donlar (suli, arpa, bug‘doy);
– butundonli non;
– achitilgan sut mahsulotlari;

Kilogrammdagi og‘irligingizni 1,5 ga ko‘paytirsangiz, siz uchun kunlik oqsilning grammdagi me’yori kelib chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Organizmda oqsil tanqisligini qanday bilish va to‘ldirish mumkin?