Sayyoramizning 758 million katta yoshdagi aholisi savodsiz bo‘lib qolmoqda, ularning ko‘pchiligini ayollar tashkil etadi. Bu haqda "RT" nashriga asoslanib "Qalampir.uz" xabar berdi.
YuNESKOning bosh direktori Irina Bokovaning so‘zlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab maktabga bormaydigan bolalarning soni 263 million kishiga etgan. Ularning uchdan biri mojarolar bo‘layotgan hududlarda yashaydi.
“Maktablarga hujumlar soni ortmoqda. Statistika ko‘ra, maktabga bormaydigan muhojir-bolalarning soni besh marotaba oshishi mumkin”, deydi Bokova.
“Eng og‘ir yuk xotin-qizlar bo‘yniga tushdi. Sahroi Kabirning janubida joylashgan Afrika davlatlarida qizlarning noqulay sharoitda ekanligi bois, ular 2086 yilga borib maktabga boorish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bunday bo‘lmasligi uchun davlatlardagi ta’lim bilan bog‘liq yondashuvlarni o‘zgartirish kerak”, deb ta’kidladi YuNESKO bosh direktori.
YuNESKO ta’limni birinchi o‘ringa qo‘yishni taklif etadi: “Yondashuvlarni o‘zgartish kerak. Ayniqsa, o‘rtacha va past daromadga ega bo‘lgan davlatlarda bilim salohiyatini barcha jabhalarda safarbar etish kerak”. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?