Xitoyda yuzi odamnikiga o‘xshash va jinsiy a’zosi peshonasida bo‘lgan cho‘chqa tug‘ildi. Internetda ushbu cho‘chqa tasvirlangan video paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.
Ushbu g‘ayriodatiy cho‘chqa qayerda suratga olingani noma’lum, biroq bunday mutant-cho‘chqalar mahalliy fermerlar xo‘jaligida tez-tez dunyoga kelib turadi.
Noodatiy cho‘chqa bolasi videosi Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida chaqmoq kabi tez tarqaldi. Videoning muallifini aniqlashning iloji bo‘lmagan.
Shunisi ma’lumki, o‘tgan yili xuddi shunday cho‘chqa Nannin shahridagi Tao Lu ismli fermerda paydo bo‘lgan.
Mutant-cho‘chqa fermerning xo‘jaligidagi urg‘ochi cho‘chqa bir vaqtda dunyoga keltirgan 19 ta cho‘chqadan bittasi bo‘lgan. Cho‘chqacha surati internetda tarqalgandan keyin, fermerga bu "mahluqni" sotish taklifi yog‘ila boshlagan. Bir necha kishi cho‘chqani o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun fermernikiga kelgan.
Biroq cho‘chqacha ko‘p o‘tmay nobud bo‘lgan, chunki onasi uni boqishdan bosh tortgan, o‘zini esa idishchadan ovqat eyishga o‘rgatib bo‘lmagan. Tao Luning aytishicha, u bu antiqa cho‘chqachani butun bir cho‘chqa podasidan qimmatroqqa sotishi mumkin edi, biroq u bunga ulgurmay qolgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda