12:50 / 07.09.2016
9 683

Saudiya Arabistoni muftiysi Eron etakchisini “musulmon emas”, deb atadi

Saudiya Arabistoni muftiysi Eron etakchisini “musulmon emas”, deb atadi

Muftiy Abdulaziz Ash-Shayx Eron oyatullohi Ali Hamanoiy Saudiya hukumatini o‘tgan yili Haj amallarini bajarayotib, u erdagi tirbandlik tufayli hayotdan ko‘z yumgan musulmonlarning o‘limida ayblaganidan so‘ng unga nisbatan shunday munosabat bildirdi, deyiladi "Kun" nashrida.

Bunday ayblovlar ikki mamlakat munosabatlarining keskinlashuvini bildiradi.

Hamanoiy dushanba kuni o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida saudiyaliklarni Haj safarini ado etayotganlarga suv berib yoki tibbiy yordam ko‘rsatish o‘rniga shafqatsiz qotillar sifatida o‘lishiga yo‘l qo‘yib berganlikda ayblaydi.

Saudiya muftiysi esa Hamanoiyning bunday ayblovidan “ajablanmasligi”ni aytdi.

“Shuni anglab etish kerakki, ular (eronliklar) musulmon emas, chunki ular maju’s avlodlaridir va ularning musulmonlarga, ayniqsa sunniy mazhabdagi musulmonlarga bo‘lgan adovati azaldan ma’lum”, - dedi saudiyalik muftiy.

Manbaga ko‘ra, 2015 yilda Haj ziyorati davomidagi tirbandlik natijasida kamida 2 426 kishi halok bo‘lgan. Ularning orasida eng ko‘p halok bo‘lganlar, ya’ni 464 nafar kishi Eronga to‘g‘ri keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saudiya Arabistoni muftiysi Eron etakchisini “musulmon emas”, deb atadi