14:39 / 07.09.2016
7 392

DM: Klinton Trampdan ko‘ra Putin bilan tushlik qilishni afzal deb bildi

DM: Klinton Trampdan ko‘ra Putin bilan tushlik qilishni afzal deb bildi

AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton raqibi – Respublikachilar partiyasi vakili Donald Trampdan ko‘ra Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan tushlik qilishni afzal, deb bildi. Bu haqida "Kun" nashri ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, sobiq bosh kotibga Klivlendga parvozi vaqtida shunday savol bilan murojaat qilishgan. AQShda sobiq prezident Ronald Reygan davrida urf bo‘lgan bir odat bor – unga ko‘ra, jurnalistlar samolyotning orqasidan uning old tomonida o‘tirgan nomzodga savollar yozilgan apelsinlarni dumalatishga urinishadi.

Klinton ana shunday apelsinlardan birida shunday savolni o‘qiydi: “Kim bilan tushlik qilishni afzal deb bilasiz” Putin va Trampdan bittasini tanlash kerak bo‘lgan. Bir necha daqiqadan so‘ng jurnalistlarga javob yozilgan apelsin qaytdi – nashrga ko‘ra, unda “Putin”, deb yozilgan bo‘lgan.

Klintonga berilgan savolga javobni o‘zi emas, apelsinni tutib olgan matbuot kotibi Nik Merril yozgan. Demokratlar nomzodining so‘zlariga ko‘ra, Klinton bir marta Putin bilan tushlik qilgan. Shunda Merril javobni o‘zi belgilagan va apelsinni jurnalistlarga qaytargan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DM: Klinton Trampdan ko‘ra Putin bilan tushlik qilishni afzal deb bildi