Mintaqaviy taraqqiyot uchun mas’ul markaz va viloyat darajasidagi davlat idoralari xodimlaridan iborat O‘zbekiston delegasiyasi Latviyaga tashrif buyurdi, deyiladi "Kun" nashrida.
O‘quv-tanishuv safarining bosh maqsadi - Latviya davlat idoralarining mahalliy boshqaruv bo‘yicha tajribasini o‘rganish. Xususan, mintaqaviy taraqqiyotni rejalashtirish, markaziy va mahalliy hukumat idoralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va koordinasiya, Deputatlar mahalliy kengashi va ijroiya hokimiyati o‘rtasidagi hamkorlik, mintaqaviy taraqqiyot sohasida davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik.
Delegasiya 5 sentyabrdan 10 sentyabrgacha Latviyada bo‘ladi. Tashrif davomida parlamentning tegishli qo‘mita va departamentlari, Latviya vazirliklari va agentliklari xodimlari bilan uchrashuvlar, Latgal viloyati ma’muriyati misolida mintaqaviy rejalashtirish jarayoni bilan tanishuv, shuningdek davlat va kommunal xizmatlarni taqdim etuvchi bir qator markazlar faoliyatini kuzatish ko‘zda tutilgan.
Hozirga qadar Atrof-muhitni muhofaza qilish va mintaqaviy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mintaqaviy taraqqiyot davlat agentligi va Latviya hukumatining mahalliy va mintaqaviy assosiasiyalarida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Shunisi hurmatga loyiqki, Atrof-muhit muhofazasi va mintaqaviy taraqqiyot vazirligidagi uchrashuv Latviya tomonining tashabbusi bilan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga sukut saqlash bilan boshlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi