5 389
BAAdan kelgan yo‘lovchi kontrabanda brilliantlarini antiqa usulda yashirib qo‘ygani aniqlandi
Rossiyaning Mineralnыe Vodы bojxonasi va Federal xavfsizlik xizmatining Stavropol o‘lkasi boshqarmasi umumiy og‘irligi 500 gramm va narxi 40 mln rubldan ko‘proq bo‘lgan ikkita partiya brilliantlar kontrabandasini fosh qildi.
"Dubaydan uchib kelgan ayol mamlakatga qimmatbaho toshlarni noqonuniy yo‘l bilan olib kirmoqchi bo‘lgan. Ayol bojxonadan 207 gramm brilliantni yashirishga urinishda antiqa yo‘l tutdi va toshlarni kosmetik krem va xurmo ichida yashirdi. Biroq ayol bojxonachilarni alday olmadi", deb aytildi bojxonada.
Avgustda ham Mineralnыe Vodы’da xuddi shu reys bilan kelgan dog‘istonlik ayol ushlangandi. U bojxonadan o‘tish vaqtida "yashil yo‘lakni" tanlagan. Biroq bojxonachilar tekshirish qurilmasi kamerasida ayolning jamodonidagi shubhali qoramtir izlarga e’tibor qaratishgan. Aniqlanishicha, u erda 233 gramm brilliant bo‘lgan. Polietilen paketlarga solingan turli sayqalga ega qimmatbaho toshlar kiyimlar orasiga yashirilgan bo‘lgan.
Ushlangan ayollarning aytishlaricha, brilliantlar ularning shaxsiy ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, strategik muhim zaxiralar kontrabandasi uchun ayollarga nisbatan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. Ular 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishlari va bir million rublgacha jarimaga tortilishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi