12:19 / 13.09.2016
9 296

Andijonda siqilgan gaz balloni o‘rnatilgan avtomobil portladi

Andijonda siqilgan gaz balloni o‘rnatilgan avtomobil portladi

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Voditeli Tashkenta" guruhida joylashtirilgan xabarga ko‘ra, Andijonda yengil mashinaga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi bilan bog‘liq hodisa ro‘y bergan.

11 sentyabr kuni viloyatning Asaka tumanida gaz to‘ldirish shaxobchalaridan birida yoqilg‘i to‘ldirayotgan Lasetti rusumli avtomobil portlab ketgani natijasida mashina butunlay yaroqsiz holga kelgan. Xabarlarga ko‘ra, baxtli tasodif tufayli qurbonlar yoki jarohatlanganlar yo‘q. Atrofdagi mashinalarni portlash to‘lqinidan monolitli to‘siqlar saqlab qolgan.

Ayrim haydovchilarning so‘zlariga ko‘ra, garchi ko‘pchilik siqilgan gazni xavfli deb bilishsa-da, aslida gaz ballonlari to‘g‘ri o‘rnatilsa va foydalanilsa, shuningdek, doimiy ravishda texnik ko‘rikdan o‘tkazib turilsa, bunday voqealar yuz bermasligi mumkin.

Mazkur voqeani muhokama qilgan "Voditeli Tashkenta" guruhi a’zolarining ayrimlari, gaz ballonga me’yoridan ortiq yoqilg‘i yuborilgan bo‘lishi mumkinligini ham taxmin qilishgan.



Manba: nuz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda siqilgan gaz balloni o‘rnatilgan avtomobil portladi