13:03 / 13.09.2016
9 982

Koka koladan xo‘jalikda foydalanish uchun 12 sinalgan maslahat

Koka koladan xo‘jalikda foydalanish uchun 12 sinalgan maslahat

Agar sirli tova tagiga olgan bo‘lsa, unga Kola quyib qaynating: Idish yangidek bo‘ladi!

Kolani yuza idishlarga, masalan likopchalarga quyib, bog‘ingizga qo‘ying. Bu usul shilliq qurtlardan qutulishda qo‘l keladi. Hashorotni Kolaning shirin hidi jalb qiladi, bu likopga tushgach esa qaytib chiqish imkonsiz.

Sochingizni bo‘yaganingizda rangi siz istaganingizdan to‘qroq chiqqan bo‘lsa, sochlarni Kola bilan chayish ularga biroz ochroq tus beradi.

Koka-kola sochlar uchun kondisioner vazifasini ham o‘tashi mumkin: sochlaringizni avval Kolada keyin suvda chaying va quriting.

Eskirgan tangalarni Kolaga botirib olsangiz, yaltillab chiqadi.

Qimmatbaho tilla yoki kumush buyumlaringizni tozalash uchun ularni bir necha daqiqaga Kolaga solib qo‘ying va tish chotkasida yengil ishqalab yuboring: ular yaltirab toza bo‘ladi. Ammo bunday muolajani toshli buyumlarda qo‘llamagan ma’qul.

Agarda zanglab qolgan eski boltni buray olmayotgan bo‘lsangiz, kichik matoni Kolaga botirib bolt atrofiga 1-2 soatga o‘rab qo‘ying. Bundan so‘ng uni burash birmuncha oson kechadi.

Koka-kolani chovgunga quyib kechasiga qoldiring. Ertalabgacha chovgun ichida yig‘ilgan qasmoq(nakip) top-toza bo‘ladi.

Koka-kolani unitazga quysangiz uni oppoq qilib tozalaydi.

Koka-kolani sevimli sousingiz bilan 1:1 nisbatda aralashtirib, turli go‘shtli taomlar yoki tovuq ustiga surtib pishirsangiz juda mazali chiqadi.

Ichingiz ketib qorin og‘risa Kola yordamga keladi, u ichni qotiradi. Ammo bunday holatda yangi ochilgan emas biroz gazi chiqqan Kolani ichish tavsiya etiladi.

Biron fotosuratni eskidek qilmoqchi bo‘lsangiz, uni Kolaga solib, so‘ng tezda arting. Agar uzoqroq qolib ketsa surat buziladi.

Manba: Maslahatim.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koka koladan xo‘jalikda foydalanish uchun 12 sinalgan maslahat