Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnatkashlariga mart oyidan boshlab sog‘liklarini tiklash va dam olishlarini ta’minlash maqsadida sanatoriyalarga yo‘llanmalar berilishi boshlandi. Ushbu bepul davolanish yo‘llanmalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oktyabr oyidagi urush va mehnat faxriylariga ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha Farmoni va “Keksalarni e’zozlash yili” davlat Dasturiga asosan taqdim etilmoqda, deb yozadi Gazeta.uz.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi axborotiga ko‘ra, faxriylarning dam olishiga mo‘ljallangan salomatlik markazlari shay holatga keltirilgan. Xonalarga qo‘shimcha turli davolash uskunalari keltirildi. Maxsus davolash dasturi bo‘yicha sharoitlar muhayo qilindi.
Davolash bilan bir qatorda faxriylarning dam olishlari uchun sharoitlar yaratib berilgan. Ular bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun shaxmat va shashka o‘yinlari, televizor ko‘rish, kitob mutolaa imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, estrada xonanda va teatr aktyorlarini maxsus chiqishlari ham tashkil qilinishi rejalashtirilgan.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi