O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Muhammad Ismoilning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov davolanish uchun AQShga jo‘nab ketgan, deyiladi "Kun" nashrida.
“Elimizning ardoqli va atoqli shoiri, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Davlat madhiyasi muallifi, buyuk ustoz Abdulla Oripov sog‘ligini tiklash va yanada mustahkamlash uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga uchib ketdilar va bugungi kunda muolaja olmoqdalar. Ulug‘ ustozimizga Yaratgandan sog‘lik, salomatlik tilaymiz. Millatimizning ma’naviy yuksalishi yo‘lidagi fidokorona xizmatlaringiz oldida hamisha ta’zim va tashakkurdamiz. Durdona asarlaringiz bilan xalqimizning ming yillik oltin xazinasini yanada boyitaverishingizga tilakdoshmiz. Baxtimizga bor bo‘ling, ulug‘ ustoz!”, deb yozadi Muhammad Ismoil. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi