"Laboratorii Kasperskogo" kompaniyasi internetda rossiyalik bolalarning xatti-harakatini tahlil qilib, bolaning jinsiga ko‘ra internetdagi faollik ko‘rinishlari ancha farq qilishini aniqladi, deb yozmoqda "Kun" nashri.
Jumladan, o‘g‘il bolalarda o‘yinlar ustuvorlik qiladi. Qizlar esa internetdan ko‘proq o‘qish uchun foydalanar ekanlar.
Qiziqarlisi, qizlar ko‘proq o‘zlarining asl ism-familiyalari va yoshlarini, o‘g‘il bolalar esa manzillarini oshkor qiladilar. Bundan tashqari, o‘g‘il bolalar qizlardan ko‘ra ko‘proq ota-onalaridan qanday internet-resurslarga kirishlarini yashiradilar va ota-onalar tomonidan o‘rnatilgan nazorat dasturlarini chetlab o‘tishga harakat qiladilar.
Internetda qiz va o‘g‘il bolalar film va videoroliklar tomosha qilish hamda ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish borasida bir xil qarashlarga egalar: internetda bunday vaqt o‘tkazish ularning qiziqishlari orasida 2- va 3-o‘rinni egallagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi