12:31 / 21.09.2016
8 959

Qozog‘istondagi avtobusda “Nazarboyev”ni ko‘rib qolishdi

Qozog‘istondagi avtobusda “Nazarboyev”ni ko‘rib qolishdi

Qozog‘iston Respublikasidagi avtobuslardan birida ketayotgan “davlat rahbari Nazarboyev”ning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi, deb yozmoqda “NewTimes.kz”.

Nursulton Nazarboyevga quyib qo‘ygandek o‘xshaydigan qiyofadosh “davlat rahbari”ning surati Instagram sahifalaridan birida paydo bo‘lgan. 30 daqiqa ichida uni 7 mingdan ortiq foydalanuvchi ko‘rgan, deb yozadi sayt.

Bunda, ayrim foydalanuvchilar, suratda Nazarboyevning o‘zi ekanini ta’kidlashgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, kim bilsin, balki haqiqiy Nursulton Nazarboyev jamoat transportida aylanishni xohlab qolgandir. Boshqa foydalanuvchilar, muallifni adolatsizlikda ayblab, uning fotoshop qo‘llaganini iddao etishgan.

Qayd etish joizki, Nursulton Nazarboyevning haqiqatdan ham qiyofadoshi bor bo‘lib, u Qustanay fuqarosi Sarsenbay Dodanovdir. U Qozog‘iston davlat rahbariga juda ham o‘xshaydi.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘istondagi avtobusda “Nazarboyev”ni ko‘rib qolishdi