13:23 / 21.09.2016
6 259

Muhandis Erondan Buyuk Britaniyaga avtorikshada etib bordi

Muhandis Erondan Buyuk Britaniyaga avtorikshada etib bordi

Kelib chiqishi hind bo‘lgan avstraliyalik muhandis Erondan Buyuk Britaniyaga quyosh batareyasida harakatlanuvchi avtorikshada etib bordi, deb yozmoqda "Kun" nashri.

Navin Rabelli 10 ming kilometrlar masofani ortda qoldirish uchun 7 oy sayohat qilgan. U, fevral oyida yo‘lga chiqib, Turkiya, Bolgariya, Serbiya, Avstriya, Shveysariya, Germaniya va Fransiyani ortda qoldirib, Birlashgan Qirollikka etib kelgan. Parij yaqinida Rabellining pasporti va hamyonini o‘g‘irlashgan bo‘lsa-da, u sayohatini davom ettira olgan.

Rabellining aytishicha, u elektr va quyosh batareyalarida yuradigan mashinalarning keng imkoniyatlariga e’tibor qaratish maqsadida shunday yo‘l tutgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Muhandis Erondan Buyuk Britaniyaga avtorikshada etib bordi