23 sentyabrda Moskvada qurilayotgan "Serdse stolisы" ("Poytaxti yuragi") turar joy majmuasida liftning qulashi 5 kishining halok bo‘lishiga olib keldi. Tergovchilar xavfsizlik qoidalari buzilishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishgan. Rostexnadzor yuz bergan voqea sabablarini tergov qilish bo‘yicha komissiya tuzishni rejalashtirmoqda. Hozircha liftning qulashiga trosning uzilishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Lift qulashi oqibatida 5 quruvchi halok bo‘ldi. Gap nafaqat odamlarni, balki yuklarni tashishga mo‘ljallangan lift haqida bormoqda. Fojia "Donstroy" kompaniyasi tomonidan qurilayotgan ob’ektda yuz bergan.
"23 sentyabrda Moskvaning Shenogina ko‘chasidagi turar joy binolaridan birida 12-19 qavatdan liftning qulashi yuz berdi, oqibatda lift ichida bo‘lgan 5 erkak halok bo‘lgan. Bu holat bo‘yicha qurilish ishlarini o‘tkazishda xavfsizlik qoidalarining buzilishi moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan", deb ma’lum qildi Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha bosh tergov boshqarmasi boshlig‘i katta yordamchisi Yuliya Ivanova.
Ta’kidlanishicha, tergovchilar qurilish ob’ekti va ishlarning o‘tkazilishi, liftning o‘rnatilishi va undan foydalanishga doir hujjatlarni musodara qilishmoqda. Liftning qulashi va avariyaviy vaziyatlarda straxovkalash tizimining ishlamagani sabablari aniqlashtirilmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi