Olimlar Er atmosferasi kislorod yo‘qotayotganini aniqlashdi. Hayot uchun zarur bo‘lgan gazning miqdori oxirgi 800 ming yil ichida 0,7 foizga kamaygan. Olimlar o‘z xulosalarini Science jurnalida chop etilgan maqolada keltirishgan.
Erda hayot paydo bo‘lguncha atmosferada kislorod bo‘lmagan. Sianobakteriyalar paydo bo‘lgandan keyin uning miqdori ko‘paya boshlagan. Oxirgi bir necha yuz million yil davomida sayyoramizning havo qobig‘ida gazlarning miqdori barqaror darajada qolib kelgan.
Olimlar oxirgi bir necha yuz ming yildagi kislorod miqdorini Grenlandiya va Antarktidada olingan muz namunalarini tahlil qilib tekshirishdi. Bu muzlarda o‘tmishda havo tarkibi qanday bo‘lgani haqida ma’lumot saqlovchi pufakchalar saqlanadi. Olimlar kislorod va azot izotoplari nisbatini aniqlab, kislorod hajmi bir foizga kamayganini aniqlashgan.
Olimlar buning bir necha sababini keltirishmoqda. Birinchidan, eroziya tezligining oshishi oksidlanish jarayonlarini kuchaytirgan bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, agar iqlimning antropogen o‘zgarishi qaralmasa, unda oxirgi million yillar ichida gidrosfera harorati pasaygan, buning oqibatida esa okeanlar o‘zlarida ko‘proq kislorodni eritishga qodir bo‘lib qolgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi