09:28 / 24.09.2016
11 731

Xitoyda 31 ta barmoqli bola tug‘ildi

Xitoyda 31 ta barmoqli bola tug‘ildi

Xitoyda noodatiy irsiyatga ega bola tug‘ildi: Chjeszyan viloyatida tug‘ilgan bolada 31 ta barmoq – 15 ta qo‘l va 16 ta oyoq barmog‘i bor.

"Bola onasining nostandart genetikasi sababli anomaliya bilan tug‘ildi", deb ma’lum qildi Xitoy matbuoti. Bolaning onasida ham oyoq-qo‘llarida 6 tadan, jami 24 ta barmoq bor.

Bolani ko‘zdan kechirgan shifokorlar unga ortiqcha barmoqlardan xalos bo‘lish uchun yordam berishga harakat qilib ko‘rishlarini aytishdi, biroq jarrohlik operasiyasi juda murakkab bo‘lishini tan oldilar.

Operasiya uch bosqichda o‘tadi: avval ortiqcha barmoqlar olib tashlanadi, so‘ngra qo‘l va tovonlar konstruksiyasi ko‘rinishini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, bola operasiyadan keyin 16 yil davomida muntazam tekushiruvdan o‘tib turishi kerak bo‘ladi.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoyda 31 ta barmoqli bola tug‘ildi