10 259
O‘zbekistondagi 4 siyosiy partiya Prezident saylovida ishtirok etish uchun ijozat oladi
23 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov boshqardi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar bermoqda.
Majlisda siyosiy partiyalar vakillari, ommaviy axborot vositalarining xodimlari ishtirok etdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 241–moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi 2016 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalarning taqdim etilgan arizalari va boshqa hujjatlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasiga saylovda ishtirok etishga ijozat berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalarning vakolatli vakillariga ro‘yxatga olinganlik guvohnomalarini va belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalarini berdi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish va ularning shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.
Komissiya a’zolari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.
Barcha muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?