12:44 / 30.09.2016
11 613

Qo‘qonda qalbaki 5000 so‘mlik banknotlar chiqargan jinoiy to‘da aniqlandi

Qo‘qonda qalbaki 5000 so‘mlik banknotlar chiqargan jinoiy to‘da aniqlandi

Fuqarolar Mels Otaboyev, Nosir Elbekov va Tursunpo‘lat Ahadov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘zaro jinoiy til biriktirib, qalbaki 5000 so‘mlik banknotlarni yasash bilan shug‘ullanib kelayotganligi haqida tezkor ma’lumotlar olingan. Bu haqda “Huquq” nashriga tayanib “Kun.uz” yozmoqda.

Tezkor tadbirda ular 50 mln. so‘m qalbaki pullarni maxsus xaridorga 10 mln. so‘m haqiqiy milliy valyuta evaziga tayyorlab berishga kelishib, oldindan 5 mln. 300 ming so‘mni olishadi. Soat 23:00da Qo‘qon shahridagi xonadon ko‘zdan kechirilib, 5000 so‘mlik qalbaki pullar rangli printer yordamida chiqarilib, kesish uchun tayyorlab qo‘yilgani aniqlandi. Chop etilgan qalbaki pullar va shu maqsadda ishlatilgan texnologiya uskunalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonunbuzarlarga nisbatan sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qonda qalbaki 5000 so‘mlik banknotlar chiqargan jinoiy to‘da aniqlandi