11:16 / 04.10.2016
7 583

“Agro Invest Sug‘urta”ning lisenziyasi sud qarori bilan tugatildi

“Agro Invest Sug‘urta”ning lisenziyasi sud qarori bilan tugatildi

Toshkent shahar Xo‘jalik sudining 2016 yil 24 maydagi hal qiluv qaroriga asosan “Agro Invest Sug‘urta” Aksiyadorlik jamiyatiga 2014 yil 21 oktyabrda berilgan lisenziyaning amal qilish tugatildi. Bu haqda "Qalampir.uz" ma’lum qildi.

Toshkent shahar Xo‘jalik sudining appelyasion instansiyasining 2016 yil 28 iyuldagi qaroriga asosan Toshkent shahar Xo‘jalik sudining 2016 yil 24 maydagi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining kassasiya instansiyasining 2016 yil 21 sentyabrdagi qaroriga asosan Toshkent shahar Xo‘jalik sudining 2016 yil 24 maydagi hal qiluv qarori va Toshkent shahar Xo‘jalik sudining appelyasion instansiyasining 2016 yil 28 iyuldagi qarori o‘zgarishsiz qoldirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug‘i bilan 2016 yil 27 sentyabrda “Agro Invest Sug‘urta” Aksiyadorlik jamiyatiga muvaqqat ma’muriyat tayinlandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Agro Invest Sug‘urta”ning lisenziyasi sud qarori bilan tugatildi