12:43 / 13.10.2016
7 869

Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartish kiritildi

Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartish kiritildi

Xabar berganimizdek, kecha, 12 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ettinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev olib bordi

Yig‘ilishda qator qonunlar va masalalar muhokama etildi. Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartish kiritish masalasi ham o‘rtaga tashlanib, tegishli qaror qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Dilshod Urinbaevich Aripov, Qobiljon Xudoyberdievich Komilov va Nodir Muxammadievich Xudoyarov O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik cudining sudyalari etib tayinlandi.

Mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartish kiritildi